46
Intellektual mulk, mualliflik va turdosh huquqlar muhofazasiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 aprel 2022 yildagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasini 2022-2023 yillarda amalga oshirish bo‘yicha «YO‘L XARITASI»ning tegishli bandlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23-25 yanvar kunlari Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tashabbusi bilan Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida tele-radio-, veb-saytlar, yangiliklar saytlari jurnalistlari uchun intellektual mulk hamda mualliflik va turdosh huquqlar muhofazasi va ushbu masalalarning media-makonda yoritilishi yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv seminarida turdosh huquqlar va hammualliflik masalalariga jurnalistik yondoshuvning o‘ziga xos jixatlari; jurnalistika faoliyati va mualliflik huquqi; televideniya, radio hamda internetda mualliflik huquqi; fotojurnalistning mualliflik huquqi; maqola, intervyu va teledasturga bo‘lgan mualliflik huquqi; audiovizual asar mualliflarining huquqlari; asardan qonunga muvofiq ravishda foydalanish; davriy nashrlarda mualliflik huquqi buzilishining tahlili; jurnalistikada mualliflik huquqi ob’ektlari; OAVda asarlardan erkin foydalanish, boshqa mualliflarning asarlarini OAV yoritish masalalari; efir va kabel orqali uzatishni tashkillashtirishning huquqiy asoslari hamda milliy kontent yaratish tamoyillari kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi va savol-javobli bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi.
Xususan, davlatimiz rahbarining Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ta’kidlab o‘tgan O‘zbekiston axborot makonida milliy kontent yaratish zarurati va talabi yuzasidan jurnalistlarga amaliy va nazariy jihatdan asoslab berildi.
Seminar yakunida qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring