+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 23 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
26-01-2024, 11:59
45

Workly qanday qilib HR vazifalarini osonlashtiradi?

Xodimlarni samarali boshqarish eng qiyin biznes vazifalaridan biri bo‘lib, uni texnologiyalarni joriy etmasdan amalga oshirish deyarli imkonsiz bo‘lib qolmoqda. Workly innovasion IT-loyihasi ushbu muammoni sodda, qiziqarli va, albatta, texnologik jihatdan oson hal qilishga qaratilgan.

Bugungi kunda insonlarni bir yerda va bir vaqtda boshqarish, ularning ko‘nikmalarini har kuni rivojlantirish va umidlarini zamonaviy hamda oson usullar bilan oqlash zaruriyati xodimlarni samarali boshqarish, ya’ni HR jarayonini «shoshilinch» yorlig‘iga ega vazifaga aylantirib qo‘ymoqda. Mana shu «Oson» so‘zi Workly loyihasinining HR yechimlarini yaratishdagi boshqaruv kalitidir. Xodimlar uchun oson, menejerlar uchun oson, umuman kompaniya uchun oson.

Ish vaqtini qayd etish tizimi yengilliklari

Workly ish vaqtini kuzatish tizimini avtomatlashtirish uchun yechimlarni taklif etadi. Bu xodimlarga o‘z vaqtlariga nisbatan intizomli bo‘lish hamda kechikish va umuman qoldirilgan ish kunlari sonini kamaytirish imkonini beradi. Shuningdek, ishlangan soatlar hajmi tizimda aniq qayd etilganligi tufayli, ish haqini hisoblash uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassisning esa ishini yengillashtiradi.



Dastur qanday ishlaydi?
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта