+39° Kechasi +24°
Andijon (Bugun, 23 iyun)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 639.81 so'm (-4.1 so'mga)
146.96 so'm (-4.63 so'mga)
13 556.20 so'm (-19.57 so'mga)
15-03-2024, 10:36
31

Mass-media fondi direktori: «OAV ham jamiyatdagi ekologik madaniyat darajasiga mas’uldir»

Mass-media fondi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda «Iqlim o‘zgarishi: barqaror kelajakni shakllantirishda ommaviy axborot vositalari va ta’limning roli» mavzusida davra suhbatini o‘tkazdi.

Tadbirda professional ekologlar va ekofaollar, atrof-muhitni boshqarish bo‘yicha xorijiy ekspertlar, poytaxtimizdagi turli oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va talabalari, jurnalistlar va ekoblogerlar ishtirok etdi.

Davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar e’tiborini ushbu sohadagi mavjud ekologik muammolar, bugungi va istiqboldagi xavf-xatarlar, ekologik inqirozga qarshi kurashish chora-tadbirlariga qaratish, shuningdek, mazkur jarayonlarda ommaviy axborot vositalarining rolini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Fond direktori A.Fozilov o‘z nutqida bugungi kunda ommaviy axborot vositalari ham jamiyatdagi ekologik madaniyat darajasiga mas’ul ekanligini hamda ko‘pchilik uchun ekologik muammolar to‘g‘risidagi axborotning asosiy manbai hisoblanishini ta’kidladi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта