+42° Kechasi +29°
Andijon (Bugun, 27 iyul)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 634.00 so'm (+8.96 so'mga)
148.62 so'm (+2.51 so'mga)
13 710.42 so'm (+23.61 so'mga)
09-03-2024, 21:30
40

A Seriya. Shomurodovning dubli «Kalyari»ga g‘alaba keltirdi

Italiya chempionati 28-tur uchrashuvida "Kalyari" "Salernitana"ni qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda mezbonlar Lapadula va Gaetano kiritgan gollar evaziga ishonchli hisobda tanaffusga yo‘l oldi - 2:0.

Ikkinchi bo‘lim boshida hamyurtimiz Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi. U 51-daqiqada tablodagi natijani yirik ko‘rinishga keltirdi - 3:0. Shundan so‘ng, raqiblar 3 daqiqa ichida ikkita gol urib, oradagi farqni 1 tagacha qisqartirdi, ammo hamyurtimiz 76-daqiqada yana gol urib, yakuniy natijani o‘rnatdi.

Kalyari – Salernitana 4:2 9 mart, 19.00, «Sardenya» Gollar: 1:0 – 12 Lapadula, 2:0 – 40 Gaetano, 3:0 – 51 Shomurodov, 3:1 – 56 Kastanos, 3:2 – 58 Madjore, 4:2 – 76 Shomurodov. Kalyari – Skuffet, Dzappa, Mina, Dossena, Audjello, Veteska, Nandes (Viola, 66), Yankto (Assi, 66), Deyola, Makumbu, Gaetano (Shomurodov, 46), Lapadula (Oristanio, 66). Salernitana – Ochoa, Dzanoli (Sambiya, 74), Fasio, Manolas (Pirola, 46), Bradarich, Bashich, Kandreva, Kastanos, Kulibali (Gomis, 74), Madjore, Tshauna, Veysman (Nvankvo, 65). Ogohlantirishlar: Audjello (70), Kastanos (73), Sambiya (85).




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта