+25° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
06-03-2024, 18:42
20

Ekologiya vazirligi boshqarmasi Surxondaryoda eko-talablarga javob bermaydigan 2 ta korxona faoliyatini to‘xtatdi

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan asfalt ishlab chiqaradigan «Boysun tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi» hamda «Sherobod tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi»da ekologik tekshiruvlar o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida korxonalarda Boysundagi korxonada chang-gaz tozalash uskunalari foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolganligi, zavoddan chiqadigan chang-gazlarni ushlab qoluvchi filtrlar va suv purkash orqali changlarni ushlab qoladigan uskunalar o‘rnatilmaganligi aniqlandi.

Sherobod korxonasida esa chang-gaz tozalash uskunasi eskirganligi sababli atmosferaga zararli tashlamalarning me’yoridan ortiq chiqarilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 29 yanvar kuni davlatimiz rahbari raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan, unda joriy yil yakuniga qadar yirik sanoat korxonasida zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatish va eskilarini almashtirish, havoga chang tashlash darajasi yuqori bo‘lgan korxonalarda filtrlarni yangilash vazifasi qo‘yilgan.

«Boysun tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi» hamda "Sherobod tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi”ga nisbatan, «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 4-24-moddalari talabi buzilganligi, qator kamchiliklar aniqlanganligi sababli MJtKning 86-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Korxonalar faoliyati 10 kun muddatga — mavjud muammolar hal etilib, filtrlash asbob-uskunalari o‘rnatilguniga qadar to‘xtatildi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта