+10° Kechasi +4°
Andijon (Bugun, 3 dekabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 838.33 so'm (-13.67 so'mga)
119.70 so'm (+0.71 so'mga)
13 498.22 so'm (-70.92 so'mga)
23-01-2024, 13:05
56

Toshkent viloyatida ayol ichidan jinni chiqaraman deb, uni o‘ldirib qo‘ygan bojalar qamaldi

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida bir ayolning ichiga jin kirib olgan deya, uni chiqarmoqchi bo‘lib, ayolni o‘ldirib qo‘ygan ikki erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda UzNews.uz xabar berdi.

Aniqlanishicha, 35 yoshli B.R. bojasi 44 yoshli T.YU. bilan firibgarlik yo‘li bilan boylik orttirish maqsadida hech qanday diniy ta’limga ega bo‘lmasdan insonlarga kirib qolgan jinlarni chiqaramiz deb boshqalarni ishontirish orqali firibgarlik bilan shug‘ullanib kelgan.

Shunday ishlari davomida 2023 yilning 6 iyul kunidan 20 iyul kuniga qadar Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 42 yoshli ayolning uyiga borib, unga unga go‘yoki ichiga “jin” (shayton) kirib qolganligini aytib, uni chiqarish bilan shug‘ullanishgan. Ular mazkur xizmati evaziga 1 mln so‘m talab qilishgan.

Ular jinni chiqarish uchun “Qur’on oyatlari”dan o‘qib, so‘ngra o‘zlari bilan olib kelgan bolg‘a, temir qoziq, temir zanjir kabi predmetlar yordamida ayolning tanasiga urishgan. Natijada, ayol og‘ir tan jarohatlari olgan. Buning oqibatida, u 20 iyul kuni o‘zining yashash xonadonida vafot etgan.

Sudda erkaklar o‘zlarining ayblariga to‘liq iqror bo‘lishgan. JIB Oqqo‘rg‘on tuman sudi hukmi bilan B.R. JKning 25,168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 102-moddasi 1-qismi bilan 3 yil muddatga, T.YU. esa JKning 25,168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 102-moddasi 1-qismi bilan 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Top.Mail.Ru Анализ сайта