+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 23 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
23-01-2024, 12:10
46

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: soliq qonunchiligidagi yangiliklar yetkazildi

2024 yil 1 yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik, xususan, tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi tomonidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Tadbirda boshqarma rahbariyati, mas’ul xodimlar va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar soliq qonunchiligidagi yangiliklar, xususan, da’vo qilish muddatining 3 yilga qisqartirilganligi, foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlar daromadining chegaraviy miqdori 10 mlrd so‘m etib belgilanganligi, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga soliq solish tartibi, mol-mulk solig‘idagi o‘zgarishlar va boshqalarga batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

Ochiq va konstruktiv muloqot tarzida o‘tgan tadbirda soliq to‘lovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.



Top.Mail.Ru Анализ сайта