+24° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
05-03-2024, 12:14
21

Maktab ta’limi sohasiga AKT joriy qilish orqali bir qator qulayliklar yaratilmoqda

So‘nggi yillarda maktab ta’limiga bo‘lgan e’tibor ortib tizimda bir qator ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

Misol tariqasida yaqin yillargacha maktabga o‘quvchilarni qabul qilish va ularni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish eng ko‘p korrupsiyaviy holatlar qatoriga kirib ota-onalarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan edi.

Shu kabi holatlarni oldini olish maqsadida bolalarni 1-sinfga qabul qilish va o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari (my.gov.uz va my.maktab.uz portali) joriy etildi.

Hozirda 1-sinfga qabul va maktabdan-maktabga o‘tkazish uchun ota-onalar onlayn shaklda ariza beradi, elektron tizim avtomatik ravishda uni maktabga yuboradi, o‘quvchi maktabga qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun: mazkur tizim bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Hozirda 43 ta tuman va shaharlarda 1200 dan ortiq maktablarga joriy etilgan. Shu kunga qadar ushbu xizmatdan 243 115 nafar fuqaro foydalandi.

Shu bilan birgalikda, bitiruvchilarga qog‘oz shaklidagi shahodatnoma berishda ham turli ko‘rinishda ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта