O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni va Savdo sanoat Palatasi Toshkent viloyati hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda belgilangan texnik ko‘rsatkichlardan past quvvatda ishlayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan bevosita joyiga chiqqan holda mavjud muammolarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Xususan shu kungacha 100 ga yaqin past quvvat bilan ishlayotgan korxonalar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda 20 dan ziyod tadbirkorlar ishlab chiqarish maydonlarini kengaytirishga ehtiyoj sezayotganligini aytgan bo‘lsa, 17 nafari elektr ta’minotidagi va 7 nafari tabiiy gaz bosimi bilan bog‘liq muammoni keltirgan.
Shu bilan birga, 11 nafar tadbirkorlik subyekti dastgohlarni to‘liq quvvat bilan ishlatish uchun malakali mutaxassislarga talab borligini, yana 15 nafari xomashyo va aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq muammoni keltirib o‘tgan. Shuningdek, tadbirkorlar tayyor mahsulotga xaridor topish va boshqa bir qator muammolarni aytib o‘tdilar.
Bu boradagi ishlar muntazam davom ettirilmoqda
Biznes Vakil devoni matbuot xizmati
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring