+12° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
27-02-2024, 17:36
40

Qashqadaryoda rahbar xizmati uchun yarim milliard talab qildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazishdi.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi rahbari mazkur tumandagi klasterga tegishli 66,32 gektar yaylov yerlaridan ikkilamchi ijara shartnomasi asosida foydalanib kelayotgan bo‘lsada, ushbu shartnomani bekor qilib, klaster rahbarlari orqali 57 gektar yaylovni xaridor nomiga ijara asosida rasmiylashtirib berish evaziga 500 mln. so‘m talab qiladi. Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 20 ming AQSh dollari va 100 mln. so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Shahrisabz tumanidagi agrofirma rahbari tuman hokimligi zahirasida bo‘lgan 50 gektar sug‘oriladigan yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridorga 1 yil muddatga, tegishli hujjatlarsiz foydalanish uchun olib berish evaziga 500 mln. so‘m talab qilib, oldindan 150 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, u mazkur pul mablag‘ining bir qismini o‘zining jinoiy sherigi bo‘lgan, paxta-g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbariga berishi kerakligi aniqlanib, ushbu shaxs ham 20 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi. Ta’kidlash lozimki, agrofirma rahbari ham, klaster rahbari ham muqaddam sudlangan bo‘lsalarda, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishmagan.

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida yashovchi, 1975 y.t. fuqaro o‘zining turmush o‘rtog‘iga tuman hokimining 2010 yildagi qarori asosida dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun 49 yil muddatga ijaraga berilgan 30 sotix yer maydonini go‘yoki 40 sotix deb aytib, xaridorga 280 mln so‘mga sotishga kelishadi. Ammo, Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dallillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта