+25° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
27-02-2024, 13:22
19

“Dok-1 Maks” ishi: jami 23 kishiga yakuniy hukm e’lon qilindi

Bugun, 2024 yil 26 fevral kuni, Toshkent shahar sudida“Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Muso Yusupov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra:

Singx Ragvendra Pratap (1972 yilda Hindiston Respublikasida tug‘ilgan, “Quramax Medikal” MCHJ direktori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 28,209-moddasi 1-qismi bilan aybsiz, deb topilib, Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasi 1-qismi 2, 3-bandlariga asosan oqlandi. Singx Ragvendra PratapJinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi, 213-moddasi 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. Jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin Singx Ragvendra Pratapni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborish belgilandi.

B. Kambaraliyev (1978 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, “Quramax Medikal” MCHJ savdo direktori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi va 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 4 yil 3 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan o‘tash uchun 3 yil 11 oy 18 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

N. Mirzaaxmedova (1992 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Quramax Medical” MCHJ ro‘yxatga olish bo‘yicha menejeri lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 28,186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. N. Mirzaaxmedovaga nisbatan Jinoyat kodeksning 72-moddasiga asosan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта