+12° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
21-02-2024, 16:28
51

Ijtimoiy xizmatlar mahalla darajasida: qanday jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin?

Yordamga muhtoj aholi vakillarini ijtimoiy himoyalash tizimi mahalla darajasiga tushirilmoqda. Xo‘sh, kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar nima?

1️⃣ “Muruvvat” uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida ijtimoiy xizmatlarni mobil va kunduzgi qatnov shaklida ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

2️⃣ 40 ta tumanda reabilitasiya, sog‘lomlashtirish va nogironligi borlarga qaraydiganlarni o‘qitish bo‘yicha ko‘p tarmoqli ijtimoiy xizmatlar markazlari ishga tushiriladi.

3️⃣ “Temir daftar”larni yuritish to‘liq Ijtimoiy himoya agentligiga o‘tkaziladi.

4️⃣ “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan bir martalik yordam olish uchun, oilalarni “temir daftar”ga kiritish talabi bekor qilinadi.

5️⃣ Endi, nafaqa oluvchilar ro‘yxatiga, birinchi navbatda, nogironligi bor, ota-onasi yo‘q, boquvchisini yo‘qotgan, kasalligi va boshqa sababga ko‘ra uzoq muddat ishlay olmaydiganlarning oilalari kiritiladi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта