+23° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
21-02-2024, 16:18
20

Toshkent shahrida kottej turar-joylarini qurayotgan fuqaro firibgar bo‘lib chiqdi. U qariyb 27 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan

Toshkentda odamlarning ishonchiga kirib, uy-joy qurib berishni va’da qilgan holda odamlarning pullarini o‘zlashtirish jinoyati fosh qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamentiga tayanib uznews.uz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro M. Arkenstone va VescoCottage nomli MCHJlar tashkil qilib, Toshkent shahrida kottej turar-joylarini qurayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli reklama e’lonlarini joylashtirgan. U shu yo‘l bilan yangi uy olish istagida bo‘lgan fuqarolarning ishonchiga kirib, go‘yoki kechiktirib to‘lash imkonini berish vaji bilan ularda qiziqish uyg‘otgan. Uning e’lonlarida o‘zining nomiga tashkil etilgan MCHJlar tomonidan Olmazor, Yunusobod va Yashnobod hududida joylashgan yerlarda uy qurib berishni bildirilgan.

Fuqaro M. 2022-2023-yillar davomida 125 mln so‘mdan boshlang‘ich to‘lov sifatida fuqarolarning qariyb 27 mlrd so‘mini o‘zlashtirishgan. U shuningdek, jinoyat bilan topgan pullarni legallashtirish maqsadida xorijiy davlatda ro‘yxatdan o‘tgan valyuta birjasida o‘zi va onasining nomiga hisob raqam ochib, unga 1 mln 400 ming AQSh dollari o‘tkazib olgani hamda birja savdolarida ishtirok etgani aniqlangan.

Bundan tashqari bu fuqaroga tegishli bo‘lgan xalqaro serverlarda joylashgan platformalardagi shaxsiy kabinetlarida 222 ming AQSh dollariga yaqin puli borligi aniqlangan.

Milliy istiqbolli loyihalar agentligining ma’lum qilishicha, mazkur mablag‘lar aynan kriptoaktivlar sohasidagi texnologiyalarga asoslanib, O‘zbekistonga qaytarilgan. Hozirgi kunda bu mablag‘lar kriptoaktiv ko‘rinishida Bosh prokuratura departamentining tegishli elektron hamyonlariga tushirib berilgan.

Ayni vaqtda 7,8 mlrd so‘m mablag‘ining harakatini to‘xtatib qo‘yilishiga erishilgan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта