“Pley-off” o‘yinlari xokkeyning eng qiziqarli matchlari hisoblanadi. Pley-offda o‘yinlar bir nechta bosqichlarda o‘tkazilib, odatda jamoalardan biri to‘rtta g‘alabagacha bellashadi. Toshkentliklar doimiy chempionat natijasiga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egallab, chorak finalda yettinchi o‘ringa sazovor jamoa bilan kuch sinashadi. Bu Qarag‘andaning “Sariarka”sidir.
Har bir bosqichning dastlabki ikkita o‘yini yuqori natija ko‘rsatgan mezbon jamoaning arenasida o‘tkaziladi. Shunday qilib, Qarag‘anda sportchilari Toshkentga tashrif buyurishdi. Seshanba kuni raqiblar Humo Arenada uchrashdilar. O‘yinoldi shousidan so‘ng qozog‘istonlik xokkeychilar shiddat bilan hujumga o‘tib, ikkita shayba kirgazishdi. Ammo Toshkent jamoasi tezda ikkinchi bosqichning boshida hisobni tenglashtirdi-2:2.
Jamoalar yuqori tezlikda o‘ynab, chiroyli kombinasiyalarni namoyish etishdi, shiddatli kurash olib borib, tomoshabinlar mamnun bo‘ladigan darajada o‘yin bo‘ldi. Ayniqsa, kecha ko‘p gol urildi. “Sariarka” uchinchi bosqich avvalida 5:2 hisobida yetakchilik qilgan bo‘lsa, poytaxt xokkeychilari natijani tez orada tenglashtirishdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 5:5 hisobida yakunlandi.
Pley-offda, agar hisob teng bo‘lsa, jamoalardan birining birinchi goli urilgunga qadar qo‘shimcha vaqt belgilanadi. Qiziqarlisi, bitta qo‘shimcha vaqt yetarli bo‘lmadi, ikkinchisining boshida mehmonlar g‘alaba shaybasini urishga muvaffaq bo‘lishdi. U Gleb Zaysevning hisobida. Xokkeychilardan hujumchi Vadim Shegolkov va Paved Sinyavskiy hisobida ikkita gol, himoyachi Ilya Nazarevichda esa yana gol bo‘ldi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring