+25° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
20-02-2024, 17:43
20

2023 yilda “E-auksion” orqali 19,7 trln so‘mlik 336 538 ta lot elektron savdolarga chiqarildi


Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJ boshqarma boshlig‘i Zohirshoh Jo‘rayev ma’lum qildi.

Boshlang‘ich narxi 8,4 trln so‘m bo‘lgan 302 490 ta lot 11,9 trln so‘mga yoki 3,5 trln so‘m qimmatroq narxga sotildi.

Bundan tashqari, 2023 yil davomida yangi tartibga asosan normativ qiymati 1 trln 915 mlrd so‘mlik 249 617 ta qishloq xo‘jaligi yer maydonlari elektron tanlovlar orqali mahalliy byudjetga 3 trln 791 mlrd so‘m qo‘shimcha to‘lov to‘lash majburiyati bilan ijaraga berildi.

2023 yil davomida “E-auksion” elektron savdo platformasiga 4 mln 853 ming nafar foydalanuvchi tashrif buyurdi hamda o‘tkazilgan elektron auksion va tanlov savdolarida 799 049 nafar jismoniy va yuridik shaxs qatnashdi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта