+25° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
20-02-2024, 10:44
20

Ispaniya kompaniyalari Toshkent va Urganchga charter reyslarini ochishga hozirlik ko‘rmoqda

«Dunyo» xabariga ko‘ra, 650 dan ortiq kishi ishtirok etgan tadbir Ispaniyaning yetakchi World2Meet turoperatori tomonidan NewBlue va Kannak sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Charter reyslari Madridni Urganch va Toshkent aeroportlari bilan bog‘laydi va World2Meet turoperatoriga tegishli World2Fly aviakompaniyasining Airbus 330-300 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Parvozlar ikki bosqichda - 8 maydan 12 iyungacha va 4 sentyabrdan 30 oktyabrgacha tashkil etiladi.

Kannak sayyohlik kompaniyasi direktori Karlos Florido mazkur charter reyslar doirasida O‘zbekistonga sayyohlik yo‘nalishini ishlab chiqqanini bildirdi. Uning aytishicha, ushbu yo‘nalishning o‘ziga xosligi shundaki, tur Urganchda boshlanib, Toshkentda tugaydi yoki aksincha.

Bir hafta davomida ushbu yo‘nalish O‘zbekistonning Xiva, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlari bo‘ylab ming kilometrga yaqin masofani bosib o‘tadi. Respublika bo‘ylab sayohat avtobuslarda amalga oshiriladi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта