+23° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
19-02-2024, 22:26
10

Shavkat Mirziyoyev ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlar hamda kelgusi rejalarga oid taqdimot bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlar hamda kelgusi rejalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

Ma’lumki, joriy yilning 12-17 fevral kunlari Samarqand shahrida BMTning Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 14-yig‘ilishi (COP-14) bo‘lib o‘tdi. Unda 130 dan ortiq davlatdan 2 mingga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha Konvensiyaga a’zo davlatlar tomonidan ijroga qaratilishi uchun 2024-2032 yillarga mo‘ljallangan Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlari bo‘yicha Samarqand strategik rejasi tasdiqlandi. Ekologik bog‘liqlik bo‘yicha global hamkorlik (GPEC) tashabbusi ishga tushirildi.

O‘zbekiston BMT konvensiyasiga 2024-2026 yillar uchun prezident sifatida saylandi. Toshkent shahrida Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN)ning Markaziy Osiyodagi ilk vakolatxonasi ochildi. Shuningdek, BMT Atrof-muhit dasturining O‘zbekistonda vakolatxonasini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Jahon banki bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda 6 ta transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni barpo etishga qaratilgan loyihani amalga oshirishga kelishildi. Markaziy Osiyo davlatlari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi.

Davlatimiz rahbari bu sohadagi hamkorlikni davom ettirib, O‘zbekistonning xarakatlar rejasini va yangi grant loyihalar ishlab chiqish, xalqaro ekologiya tashkilotlari va konvensiya bosh qarorgohida soha xodimlarining malaka oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта