+23° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
19-02-2024, 18:23
20

O‘zbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyushmasi bog‘boni ish joyida o‘z joniga qasd qildi

16 yanvar kuni "O‘zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyushmasi xodimi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov "aniq.uz"ga xabar berdi.

Unga ko‘ra, nashriyot-matba ijodiy uyi xo‘jalik bo‘limida bog‘bon bo‘lib ishlovchi 1985 yilda tug‘ilgan B. M. ishxonasining yerto‘lasidagi kiyinish xonasida o‘zini osgan. O‘lim yuzasidan berilgan dastlabki tibbiy ma’lumotga ko‘ra, o‘lim bo‘yin a’zolari sirtmoq bilan siqilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi, bo‘yin sohasida strangulyasion egat mavjudligi aniqlangan.

Hozirda B.M.ning o‘z joniga qasd qilganligi sabablari va boshqa holatlarni aniqlash uchun maxsus bilim zarurligini inobatga olib sudga oid psixiatriya ekspertizasi tayinlangan.

Ushbu holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonildan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта