+19° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
19-02-2024, 17:15
114

Mbappe «Real» bilan besh yillik shartnoma imzoladi — manba

Hujumchi Kilian Mbappe «Real» bilan shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda Marca.

Nashrning yozishicha, 2017 yildan buyon parijliklar safida to‘p surayotgan forvard 1 iyul kuni jamoani tark etadi va erkin agent sifatida «Real»ga o‘tadi. Fransiyalik futbolchining «Qirollik klubi» bilan shartnomasi 5 yilga mo‘ljallangan.

Avvalroq Mbappe jamoadoshlariga mavsum oxirida PSJni tark etishi haqida xabar bergandi. Shuningdek, OAV xabarlariga ko‘ra, klub prezidenti Nosir al-Xelayfiy bilan suhbatda futbolchi jamoada qolmasligini aytgan.

Mbappe parijliklar safida 291 ta o‘yin o‘tkazib, 244 ta gol urgan. U avvalroq «Monako»da o‘ynagan.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта