46
Ayrim shahar va shaharchalarning bosh rejalari yo‘qligi sababli faqat eniga kengaymoqda- Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 fevral kuni joriy yilda amalga oshirish mo‘ljallangan asosiy strategik islohotlar bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida 2030 yilga borib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini 160 milliard dollarga, aholi jon boshiga daromadni 4 ming dollarga yetkazib, bu borada o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kirish maqsadi belgilangan. Buning uchun iqtisodiyotda transformasiya jarayonlarini izchil davom ettirish, investisiya va biznes muhitini yanada yaxshilash, qishloq xo‘jaligida yuqori qo‘shilgan qiymatni ta’minlash zarur.
Taqdimotda shu boradagi 5 ta muhim soha – transport, urbanizasiya va shaharsozlik, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi va energetikadagi islohotlar ko‘rib chiqildi.
Iqtisodiyot rivoji uchun bosh omillardan biri bu – transport imkoniyatlari. Mamlakatimiz dengiz yo‘llaridan uzoqligi sababli avia va temir yo‘llarni diversifikasiya qilishga urg‘u berilmoqda. O‘tgan yili 6 ta aviakompaniya tashkil qilindi, 28 ta yangi samolyot olib kelindi. Samarqand xalqaro aeroportiga xususiy sektor jalb etildi.
Bu ishlarni davom ettirib, “Uzbekistan Airports” va “Uzbekistan airways” kompaniyalari transformasiyasini jadallashtirish, aeroportlar boshqaruvini xususiy sektorga berishni kengaytirish zarur.
Hududlarda moliyaviy xizmatlar, elektron tijorat, masofaviy ta’lim va tibbiyot xizmatlari rivojlanishi uchun sifatli internet ham muhim.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring