+12° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
12-02-2024, 20:07
49

Samarqandda CMS COP14 ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

12 fevral kuni «Silk Road Samarkand» kongress zalida Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha Konvensiya (CMS COP14) ishtirokchilari konferensiyasi 14-yig‘ilishining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ochib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbir ishtirokchilariga Murojaatnomasini o‘qib berdi.

"O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda sohaning me’yoriy-huquqiy bazasi takomillashtirilib, yangi qonun hujjatlari qabul qilinib, ularning samarali ijrosi ta’minlandi.

O‘zbekiston 2024–2027 yillarda Konvensiyaga raislik qilishi davomida ko‘chib yuruvchi hayvonlar turlarini himoya qilish uchun barcha kuch va salohiyatini safarbar qilishga tayyor. Samarqandda 2024–2032 yillarga mo‘ljallangan yangi strategik rejaning qabul qilinishini olqishlaymiz, bu boradagi kelgusi ishlarning asosiy yo‘nalishlari belgilab olinadi”, — deyiladi Murojaatnomada.

Konferensiya butun jahon hamjamiyatiga taalluqli bo‘lgan eng dolzarb muammolardan biri – yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash masalasini hal qilish uchun 130 mamlakatdan 1800 dan ortiq ishtirokchini jamladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, tashkilotning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP) ijrochi direktori Inger Andersen, Ko‘chib yuruvchi turlar bo‘yicha konvensiya ijrochi kotibi Emi Frenkel, BMTning Atrof-muhit bo‘yicha Butunjahon monitoring markazi (UNEP-WCMC) rahbari Kelli Malsh, vazirlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, diplomatlar, soha ekspertlari va boshqalar ishtirok etdi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта