Jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevga yangi ayblov qo‘yildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda o‘tgan yil oxirida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida o‘tkazilgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida qo‘lga olingan Baxtiyor Qudratullayevga yana bir ayblov qo‘yilgan.
Manbaga ko‘ra, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 242-moddasi (Jinoiy uyushma tashkil etish) bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi esa o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Agar Baxtiyor Qudratullayevga qo‘yilgan qo‘shimcha ayblov o‘z isbotini topsa, u 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring