JIB Yunusobod tuman sudida Bosh prokuror o‘rinbosarining Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi va Jinoyat-prosessual kodeksining 227-moddasi (surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish) tartibida ushlangan A. D. (erkak, 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan) ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi ko‘rib chiqildi.
Yunusobod tuman sudining 2024 yil 7 fevraldagi ajrimi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi A. D.ga nisbatan “qamoqqa” olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring