42
Chiqindini qayta ishlash va undan muqobil energiya olish masalasi muhokama qilindi
5 fevral kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va «Tadweer» (Abu-Dabining chiqindilarni boshqarish sohasidagi eng yirik kompaniyasi) direktori Ali Al-Dhaheri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator mutasaddi tashkilotlar mas’ullari va soha vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda yurtimizda chiqindilarni boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan «Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmon muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlandi. «Chiqindilarni boshqarishni kompleks tizimini joriy etish» loyihasi esa bu islohotlarning mantiqiy davomi ekanligi qayd etildi.
“Atrof-muhitning chiqindilar bilan ifloslanishi darajasini kamaytirish, chiqindilarni qayta ishlash orqali ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega, — dedi vazir Aziz Abduhakimov. — «Tadweer» bilan amalga oshiriladigan loyiha esa bu borada keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Loyihaning ahamiyati shundaki, qattiq maishiy chiqindilarni utilizasiya qilish orqali ularning hajmi kamaytiriladi va kimyoviy moddalar zararsizlantiriladi. Shu bilan birga, chiqindilarni yoqish natijasida muqobil energiya ishlab chiqarish va ikkilamchi moddiy resurslarni ajratib olish imkoniyati yaratiladi”.
Uchrashuv davomida chiqindilarni yig‘ish, monitoring tizimini joriy etish, «yashil» energiya ishlab chiqarish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Vazir «Tadweyer» kompaniyasi vakillariga amalga oshirilayotgan ishlar uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘z navbatida Ali Al-Dhaheri Ekologiya vazirligi bilan hamkorlikdan mamnun ekanligini aytib o‘tdi.
«Tez orada loyihaning amaliy qismiga o‘tamiz. Dastlab Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi chiqindi poligonlari hamda chiqindilarni qayta ishlash korxonalari faoliyatini o‘rganamiz, shart-sharoitlarni ko‘zdan kechiramiz. Hamkorligimiz har tomonlama samarali bo‘lishidan manfaatdormiz», — dedi Ali Al-Dhaheri.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring