+24° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
05-02-2024, 22:28
35

2024 yilda 10 ming nafar yoshlarni nemis tiliga o‘qitish, ularning 1000 nafarini Germaniyaga yuborish rejalashtirilgan

Yoshlarning chet tillarini va kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ularni ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish yo‘nalishida “Kelajak kasblari” loyihasi orqali 17 ming nafar yoshlar zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni o‘rgangan bo‘lsa, “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasidagi “Ibrat Academy” mobil ilovasi yordamida mavjud 22 ta tilni 468 ming nafar foydalanuvchilar o‘rganmoqda. Ularning 20 ming nafari aynan nemis tili kurslarini o‘rganayotganlarni tashkil etadi.

Bu boradagi ishlarni kengaytirish, ishsiz yoshlarga xorijiy tillarni o‘rgatish, til biladigan, kasb-hunarli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash orqali rivojlangan davlatlarda yuqori maoshli ish bilan ta’minlash va kasbiy ta’lim olishga (Ausbildung) qaratilgan “Germaniyada kasbiy ta’lim” pilot loyihasi ishga tushirildi.

Loyihani amalga oshirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Germaniyaning “GfM Gruppe”, “Papenburg”, “OPASCA”, GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) va Speerus tashkilotlari rahbarlari bilan muzokaralar olib borilib, hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Dastlab Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri 1- va 2-sonli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumlari tajribasi asosida respublika bo‘yicha jami 33 ta tibbiyot texnikumida bepul nemis tili kurslari Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yildi. Mazkur tibbiyot texnikumilarida bugungi kunda 818 nafar hamshiralar bepul nemis tili kurslarida til o‘rganishmoqda. Ularning 64 nafari V1 darajada, 173 nafari A2 darajada, 581 nafari A1 darajada tilni o‘zlashtirgan.

Nemis tilini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan nodavlat ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishsiz yoshlardan 65 nafari saralanib, 6 oylik nemis tili kurslari xarajatlari qoplab berildi. Ularning 13 nafari bugungi kunda Germaniyada kasbiy ta’lim (Ausbildung) olmoqda. Birgina Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, Madaniyat mahallasida yashovchi Shuhratov Ahrorbek Germaniyaning Papenburg kompaniyasida mexatronika yo‘nalishida kasbiy ta’lim (Ausbulding) olib, har oyda oilasiga 500 yevro yuborishni boshladi.

Ma’lumot uchun: A.Shuxratovga 6 oylik nemis tili o‘quv kursi uchun Agentlik tomonidan 5,6 mln so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта