+12° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
03-02-2024, 18:19
52

Buxoroda “Boqiy Buxoro” tarixiy-etnografik parki barpo etiladi

Aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, yuqori sifatli servis xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etish, tarixiy me’morchilik an’analarini davom ettirish, yashil bog‘lar va saylgohlarni ko‘paytirish maqsadida ko‘hna va hamisha navqiron Buxoro shahrida “Boqiy Buxoro” tarixiy-etnografik parki barpo etiladi.

Mazkur parkning yaratilishidan ko‘zlangan bosh maqsad qadim Buxoroning boy tarixi va madaniyatini, noyob moddiy va nomoddiy madaniy merosini asrab-avaylash, uni yanada kengroq targ‘ib etishdir.

Tarixiy-etnografik park hududidan Buxoro an’anaviy me’morchiligi durdonalari va zamonaviy shaharsozlik uslublari uyg‘unligini o‘zida ifoda etgan ob’ektlar, jumladan, etnografik muzey, Buxoro vohasi uchun xos bo‘lgan tarixiy mahallalar, aholi uchun xizmat ko‘rsatuvchi choyxonalar va milliy taomlar tamaddixonalari, an’anaviy drenaj tizimlari - ariq va hovuzlar, hunarmandlar rastalari, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, temirchilik, kulolchilik, naqqoshlik, pichoqchilik kabi amaliy san’at ustaxonalari o‘rin oladi.

Majmua markazida, shuningdek, musiqali favvora ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Etnografik park barpo etilishida xalqaro ekspertlar guruhi va mahalliy mutaxassislar jalb etiladi. Bu hududdagi barcha ishlar YUNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan 1972 yil 16 noyabrda qabul qilingan Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofazasi bo‘yicha konvensiya talablari asosida amalga oshiriladi.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan asrning 20-yillarida M.Frunze boshchiligidagi “qizil armiya” qo‘shinlarining hujumi oqibatida Buxoroning ko‘plab, tarixiy obidalari vayron qilingan. Jumladan, shahardagi asrlar davomida xizmat qilib kelgan ariq va hovuzlar ko‘milib ketgani bu hududdagi drenaj tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Yangi etnografik park mazkur yo‘qotilgan madaniy boyligimizning namunalari sanalgan qadim drenaj tizimlarini qayta tiklash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib qoladi. Qachonlardir tashlandiq holatda bo‘lgan hudud o‘rnida go‘zal bir landshaft qad rostlaydi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта