Oʼzbekistonning “Gazli” va “Xoʼjaobod” yerosti gaz omborlari 6 noyabr holatiga koʼra 98 foizga toʼlgan. Bu haqda “Oʼztransgaz” matbuot xizmati rahbari Shaxnoza Ravshanova maʼlum qildi.
Jumladan, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida rejalashtirilgan 3,5 mlrd kubometr gazdan 3,445 mlrd kubometri haydalgan. Bu oʼtgan yilgi gaz qoldiqlari hisobga olinmaganda. Qayd etish joizki, “Xoʼjaobod” gaz omborining quvvati 900 mln, “Gazli” gaz omborining quvvati esa 3 mlrd kubometrni tashkil etadi.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring