+12° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
02-02-2024, 09:18
53

AQShda ikki o‘zbekistonlik immigrasion firibgarlikda ayblandi

Florida shtati Markaziy okrugi prokuraturasi AQSh fuqarosi Abduvosit Raziqov (44 yoshda) va O‘zbekiston fuqarosi Dilrabo Obidovani (35 yoshda) immigrasion firibgarlik va AQSh hukumatini aldashda ayblamoqda. Bu haqda mamlakat prokuraturasi saytida ma’lum qilindi, deb yozdi "Daryo".

Ular federal idoralarga yolg‘on ko‘rsatmalar berish, immigrasiya imtiyozlarini olish, AQSh pasporti olish uchun ariza to‘ldirishda yolg‘on ma’lumotlar taqdim etish va AQSh pasportini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritish maqsadida ko‘p yillar davomida til biriktirib kelgani aytilmoqda.

Shuningdek, Raziqov va Obidova pasport firibgarligi bilan bog‘liq bir nechta holatda ayblanmoqda, Obidova esa bundan tashqari, federal idoralarga yolg‘on ma’lumotlar berganlikda va noqonuniy ravishda AQSh fuqaroligini olishga urinishda gumonlanyapti.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, aslida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Raziqov AQSh fuqarosi bilan soxta nikoh qurish orqali avvaliga immigrant maqomini, keyinchalik esa AQSh fuqaroligini olgan.

Prokuratura ma’lumotlarida keltirilishicha, Obidova ham AQSh fuqarosi bilan soxta nikoh qurish orqali immigrasiya imtiyozlarini olishi uchun o‘zaro til biriktirgan. Ayni paytda Raziqov va Obidova yashirincha turmush qurgan va buni migrasiya idoralaridan yashirgan. Er-xotin farzandlarining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarida Obidovaning soxta erini bolalarning otasi sifatida ham ko‘rsatgan. Yakunda ikkisi ham Raziqov va farzandlari uchun AQSh pasporti olish bo‘yicha yolg‘on ma’lumotlardan iborat arizalar topshirgan.

Qo‘shma Shtatlarda qonuniy ravishda doimiy rezident bo‘lganidan so‘ng, Obidova AQSh fuqaroligini olishga ham harakat qilgan. Ayblov xulosasida aytilishicha, ayol fuqarolikka qabul qilish arizasida kelib chiqishi, nikoh holati va immigrasiya maqomini olishga urinishlari haqida ko‘plab yolg‘on ma’lumotlar bergan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта