+11° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 15 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 808.03 so'm (+14.65 so'mga)
130.15 so'm (-0.58 so'mga)
13 612.37 so'm (+16.85 so'mga)
01-02-2024, 16:41
43

Toshkentda noodatiy firibgarlik fosh etildi

Toshkentlik 36 yoshli Murod Sadirov (ism-shariflar o‘zgartirilgan)ichki ishlar idoralarining birida 2018 dan 2020 yilga qadar navbatchilik qism haydovchisi bo‘libishlagan. U tirikchilikning to‘g‘ri yo‘lini tanlamay firibishga qo‘l urdi. Ya’ni, o‘z tanishlarini chuv tushirib,ulardanfoydalandi.

Bir kuni tanishi Qosim O‘rinov bilan o‘zaro suhbatda uning2018 yilda bankdan kredit asosida “Nexia-3” avtomashina olganligini, lekin kredit to‘lovlari uni qiynayotganligisababli qarz berib turishni so‘raganidan foydalanib, ungapuli yo‘qligini, lekin kredit asosida maishiy texnika olib, ularni sotib naqd pul ishlab olish taklifini aytadi.

Bu taklif do‘stiga yoqib tushadi.

-Menga ham yo‘l-yo‘riq ko‘rsat, men ham pul ishlab olaydeydi.

Shundan so‘ng ikkisi poytaxtdagi “Media park”, “Texnopark”, “Zamin market” kabi do‘konlardan kredit asosidamaishiy texnika ya’ni, televizor, mikro to‘lqinli pech, telefon, avtomashina uchun ehtiyot qisimlar fara, pult, antiradar va shu kabi texnikalarni olib o‘zini nomigahamda Q.O‘rinovning nomiga rasmiylashtiradi.

Tovarlarni “Abu-Saxiy”, “Malika” bozorlariga olib boribnaqd pulga sotishadi. Pullarni teng o‘rtada bo‘lib, o‘zehtiyojlari uchun sarflaydi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта