+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 23 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
01-02-2024, 11:08
45

Farg‘onada hajga yubormoqchi bo‘lgan firibgarga sud hukmi o‘qildi

Firibgarlik uchun amaldagi Jinoyat kodeksining 168-moddasida jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, firibgarlik- aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritishda ifodalanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi "Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 364-sonli qaroriga ilova qilingan nizomning 1-bobida, "Haj" va "Umra" tadbirlari bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni va ziyoratchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlari idorasi mas’ulligi ko‘rsatilgan bo‘lib, haj tadbirini tashkil etish sayyohlik tashkilotlari vakolatiga kirmaydi.

Sud amaliyotidan bir misol keltirsak. Sudlanuvchi A. Javlonov (ismlar shartli) aldash yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, I.Raximovaga onasi X.Rejavaliyevani 7.000 AQSh dollari (80.031.210 so‘m) evaziga "Sheyx-777" turistik firmasi orqali "Haj" ziyoratiga yuborishini aytib, aldab, 2023 yil may oyida pullardan 4.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, 2023 yil 29 may kuni A.Tadjibayevaga nisbatan sodir qilgan harakatlari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangani sababli N.Raximovning ancha miqdordagi pullarini qo‘lga kiritish jinoyatini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda oxiriga yetkaza olmagan.

Bundan tashqari, A. Javlonov jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran aldash yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, U.Egamberdiyevga ota-onasini 14.000 AQSh dollari (160.062.420 so‘m) evaziga "Sheyx-777" turistik firmasi orqali "Haj" ziyoratiga yuborishini aytib, aldab, 2023 yil may oyida pullardan 8.200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, 2023 yil 29 may kuni F.Tadjibayevaga nisbatan sodir qilgan harakatlari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangani sababli U.Egamberdiyevning ko‘p miqdordagi pullarini qo‘lga kiritish jinoyatini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda oxiriga yetkaza olmagan.

Shuningdek, A. Javlonov jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran aldash yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, O.Axmedovga otasini 8.000 AQSh dollari (91.464.240 so‘m) evaziga "Sheyx-777" turistik firmasi orqali "Haj" ziyoratiga yuborishini aytib, aldab, 2023 yil may oyida pullardan 1.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, 2023 yil 29 may kuni F.Tadjibayevaga nisbatan sodir qilgan harakatlari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangani sababli O.Axmedovning ancha miqdordagi pullarini qo‘lga kiritish jinoyatini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda oxiriga yetkaza olmagan.

Bundan tashqari, A. Javlonov jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran aldash yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, X.Usmonovga 8.000 AQSh dollari (91.464.240 so‘m) evaziga "Sheyx-777" turistik firmasi orqali "Haj" ziyoratiga yuborishini aytib, aldab, 2023 yil may oyida pullardan 1.500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, 2023 yil 29 may kuni F.Tadjibayevaga nisbatan sodir qilgan harakatlari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangani sababli X.Usmonovning ancha miqdordagi pullarini qo‘lga kiritish jinoyatini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda oxiriga yetkaza olmagan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта