+12° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
05-11-2023, 22:06
128

Oʼzbekistonda aholisi soni 4 milliondan oshgan viloyatlar ikkitaga yetdi

 Statistika agentligi taqdim etgan maʼlumotlarga koʼra, Samarqanddan soʼng Fargʼona viloyatida ham aholi soni 4 millionlik dovondan oshgan. Unga koʼra, 2023 yilning 1 oktyabr holatiga koʼra, mamlakat doimiy aholisining umumiy soni 36 million 599 ming 764 nafarni tashkil etgan. Bundan 18,7 milliondan ortiq aholi shaharlarda istiqomat qilsa, 17,9 millioni qishloqlarda yashaydi.

Oʼzbekiston aholisining hududlar kesimidagi taqsimoti esa quyidagicha:

Samarqand viloyati – 4 million 186,1 ming kishi;

Fargʼona viloyati – 4 million 40,6 ming kishi;

Qashqadaryo viloyati – 3 million 539,6 ming kishi;

Аndijon viloyati – 3 million 376,1 ming kishi;

Namangan viloyati – 3 million 49 ming kishi;

Toshkent viloyati – 3 million 36,3 ming kishi;

Toshkent shahri – 3 million 20,3 ming kishi;

Surxondaryo viloyati – 2 million 838,7 ming kishi;

Buxoro viloyati – 2 million 34,8 ming kishi;

Qoraqalpogʼiston Respublikasi – 1 million 994,4 ming kishi;

Xorazm viloyati – 1 million 983,7 ming kishi;

Jizzax viloyati – 1 million 499,8 ming kishi;

Navoiy viloyati – 1 million 70,5 ming kishi;

Sirdaryo viloyati – 909,7 ming kishi;

Top.Mail.Ru Анализ сайта