45
Surxondaryoda xotinini yonib turgan tandirga tashlagan erkakka hukm o‘qildi
O‘tgan yilning avgust oyida Surxondaryoda 54 yoshli erkak o‘zining 33 yillik turmush o‘rtog‘i bilan kelib chiqqan janjal oqibatida uni yonib turgan tandirga tashlab, vaxshiylarcha qotillik sodir etgan. Birozdan so‘ng uyiga kelgan ustalar badbo‘y hid qayerdan kelayotganini so‘rashganida esa eski lattalarni yoqib yuborganini aytgan va o‘zi qizil passportini olib uydan chiqib ketgan. Bu haqda bugun.uz xabar bermoqda.
Bir necha soatdan so‘ng esa kelini uyga kelgan va u ham badbo‘y hid qayerdan kelayotganini va qaynonasi qayerdaligini so‘ragan. Holatdan shubhalangan kelin darhol tandirga yugurgan va ustalardan yordam so‘rab, IIBga xabar qilgan. Shundan so‘ng, chet elga chiqib ketishga ulgurmay qolgan er qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan bo‘lib o‘tgan sud majlisida er xotini u bilan ajrashmoqchi ekanini aytgach, jahli chiqib ketganini qilmishidan pushaymon ekanini bildirgan.
Shuningdek, sudda ishtirok etgan farzandlar otalari doimiy ravishda mast holatda janjal qilib kelganini, uni aslo kechirmasliklarini bildirgan.
Sud erkakni Jinoyat kodeksining 97-moddassi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topgan va unga nisbatan 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Shuningdek, jazoning dastlabki 3 yilini turmada, qolgan qismini umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring