Qayd etilishicha, mobil telefonlar importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 398 361 taga oshgan.
O‘zbekiston 2023-yilning 9 oyida eng ko‘p mobil telefon import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 2,3 mln dona;
- Vyetnam – 223,1 ming dona;
- Hindiston – 32,5 ming dona;
- BAA – 7,7 ming dona;
- Qozog‘iston – 2,5 ming dona.
O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar—noyabr oylarida xorijdan qiymati 181,6 million dollarga teng bo‘lgan 2,7 million dona mobil telefon import qilingandi. Ularning aksariyati (2,1 million donasi) Xitoydan olib kelingan. 2023-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni qariyb 32 million nafarni tashkil etgan.