51
Farg‘onada tadbirkordan pora so‘ragan mansabdorlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bosh prokuraturaning ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasida qonunlar ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan sohada qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Farg‘ona viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektining murojaati asosida O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzuridagi “O‘rmonqurilish” DUK va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida tekshirish o‘tkazildi.
Tekshirishda ushbu tashkilotlarning mansabdor shaxslari o‘zaro jinoiy til biriktirib, tadbirkordan qurilish loyihalari bo‘yicha pudrat shartnomalarini rasmiylashtirish evaziga tamagirlik yo‘li bilan juda ko‘p miqdorni tashkil etuvchi 43 ming AQSh dollari va 111,5 mln. so‘m pul mablag‘larini pora tariqasida qo‘lga kiritishgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring