+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 23 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
29-01-2024, 12:59
45

Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi va “O‘zbekkosmos” boshchiligida respublika komissiyasi tuziladi

Yig‘ilishda o‘zboshimchalik bilan va noqonuniy qurilgan ob’ektlarni tartibga olish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.

Bunda, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi va “O‘zbekkosmos” boshchiligida respublika komissiyasi tuziladi.

Komissiya muntazam ravishda hududlarning aero va kosmik suratlarini olib, tahlil qiladi va oldingi suratlar bilan tafovutlarni aniqlaydi va noqonuniy qurilishlar ro‘yxatini shakllantiradi.

Qurilish vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga joriy yilda 170 ta, kelasi yilda esa kamida 300 ta shahar va shaharchaning bosh rejasini ishlab chiqishga topshiriq berildi.

Shuningdek, har bir ishlab chiqilgan rejani aholi bilan muhokama qilish va ijrosi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish muhimligi ta’kidlandi.

Buning uchun “Mening hududim” platformasi ishga tushirilib, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini o‘rganish va ovoz berish mexanizmini joriy qilish topshirildi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта