+24° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
29-01-2024, 12:57
27

O‘tgan yilning o‘zida 4 mingga yaqin noqonuniy qurilishlar aniqlandi

Yig‘ilishda aholi uchun qulay infratuzilma, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlar, yuqori daromadli ish o‘rinlari hamma shaharlarda ham birdek rivojlanmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilar aholi punktlarining bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni o‘z holiga tashlab qo‘ygani tanqid qilindi.

Bosh rejasi bor hududlarda ham qurilish ishlari pala-partish tashkil etilmoqda, Qurilish vazirligida buni nazorat qiladigan tizim ishlamayapti, dedi davlatimiz rahbari.

Shuningdek, ayrim joylarda noqonuniy qurilishlar aniqlanmoqda. O‘tgan yilning o‘zida 4 mingga yaqin bunday holat aniqlangan.

Shuningdek, so‘nggi ikki yilda ko‘p qavatli uylarga tutash maydonlarda 7 mingdan ortiq o‘zboshimcha qurilish bo‘lgan, yana 5 mingta holatda umumiy foydalanishdagi joylarni to‘sib olingan.

Hududlarda, ayniqsa, Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylar atrofida noqonuniy avtomobillar uchun to‘xtash joylari qilib, “blokator”lar o‘rnatish avj olmoqda.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта