+18° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
28-01-2024, 13:12
103

O‘zbekiston – Tailand uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar brigadasi ma’lum bo‘ldi

Qatar yashil maydonlarida davom etayotgan Osiyo Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Tailand o‘yinini malayziyalik Muhammad Nazmi bin Nasaruddin bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga hamyurtlari Muhammad Zairul hamda Arif Shamil yordam berishsa, zaxira hakami sifatida ummonlik Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf ishlaydi. Shuningdek, uchrashuv VAR hakami vazifasini Omar Muhammad Ahmad (BAA) bajarsa, AVAR sifatida saudiyalik Xolid Solih Alturais ishlashi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, Nazmi Nasaruddin joriy mavsum jami 8 ta uchrashuvda ishlagan. Ushbu uchrashuvlarning barchasi klublar va terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro musobaqalarga to‘g‘ri keladi. E’tiborli tomoni, ushbu hakam OCHL guruh bosqichining 3 ta turida o‘zbek klublari ishtirokidagi bahslarda hakamlik qilgan. U turnirning 2-turida “Navbahor” – “Mumbai Siti” (Hindiston), 4-turida “Ahal” (Turkmaniston) – “Paxtakor” hamda 6-tur doirasidagi “Mumbai Siti” (Hindiston) – “Navbahor” uchrashuvlarini boshqargan. Ushbu bahslar davomida u cho‘ntagidan jami 32 marta sariq kartochka, 4 bor qizil kartochka chiqargan va 3 marta 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan.








Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта