+13° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
03-11-2023, 21:43
76

Rasman: O‘zbekiston U20 jamoasi a’zosi OFK tomonidan 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekiston yoshlar (U20) jamoasi a’zosi Shahriyor Jabborov taqiqlangan moddalarni qabul qilishda aybli deb topilib, 4 yilga futboldan chetlatildi.

Foto: O‘FA

Shahriyor Jabborovning Osiyo Kubogi U-20 chorakfinalidagi Avstraliyaga qarshi o‘yindan keyin topshirgan doping testi musbat natija bergan va yakuniy qaror qabul qilingunicha futbolchining litsenziyasi vaqtinchalik to‘xtatib turilgandi. 

OFK dissiplinar qo‘mitasi o‘zbekistonlik futbolchi bo‘yicha qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Shahriyor Jabborov taqiqlangan moddani qabul qilgani tufayli 4 yilga futboldagi har qanday faoliyatdan diskvalifikatsiya qilindi. Uning chetlatish muddati 2023 yilning 17 aprel kunidan boshlanadi.

Qayd etish joiz, Jabborov ehtiyotsizlik tufayli sifatsiz biologik faol moddalar iste’mol qilgan bo‘lishi mumkin. 

Avvalroq, turnir davomida O‘zbekiston U20 jamoasining yana bir qator futbolchilari doping tekshiruvdan o‘tkazilgani va Jabborovdan boshqa hech kimda taqiqlangan vositalar aniqlanmagani xabar qilingandi. 

Ma’lumot uchun, «Paxtakor»ning yosh o‘yinchisi o‘tgan mavsum Superligada 4 o‘yinda, OChL-2022/23 yilgi mavsumida bir o‘yinda maydonga tushgan. 

Eslatib o‘tamiz, mart oyida yurtimizda o‘tgan Osiyo kubogi-2023da 20 yoshli hujumkor yarimhimoyachi guruh bosqichida Indoneziyaga qarshi (0:0), chorakfinalda Avstraliya (1:1, pen – 6:5), yarimfinalda Janubiy Koreya (0:0, pen – 3:1) va finalda Iroqqa (1:0) qarshi maydonga tushgan edi. Jabborovning diskvalifikatsiyasi turnir g‘olibiga aylangan Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar jamoasining natijasiga ta’sir qilmaydi.

Top.Mail.Ru Анализ сайта