Xavi tanqidlardan xavotirda emasligini aytdi.
«Bu borada qayg‘urmayman. Biz muvaffaqiyatsizlikdan ko‘ra muvaffaqiyatga yaqinroqmiz. Yarim yo‘ldamiz. Men qayerda ekanligimni bilaman va tanqidlarni tushunaman.
Biz klub tarixidagi eng qiyin damlardan birini boshdan kechirmoqdamiz. Men «Barsa» muxlisiman va bu yukni birinchi bo‘lib ko‘targanman. Moliyaviy ahvol og‘ir. Ammo shunga qaramay kurashamiz.
Men murabbiyman, maqsadlarga erishaman. Klubdagilar Qatarga men bilan shartnoma imzolash uchun kelishdi va jamoa La Ligada to‘rtlikka kirishni maqsad qilganini aytishdi. Biz 2-o‘rinni egalladik. O‘tgan yili ular menga ligada g‘alaba qozonishimiz kerakligini aytishdi va buni ham uddaladik, qo‘shimchasiga Superkubokni qo‘lga kiritdik. Demak, maqsadlarimizdan ko‘prog‘iga erishdik.
Bu yilgi maqsad sovrinlar qo‘lga kiritish va Chempionlar Ligasining pley-off bosqichiga chiqish edi. Bunga ham erishamiz. Ispaniya Superkubogi finalidagi mag‘lubiyat uchun allaqachon uzr so‘raganman», — deya Xavining so‘zlarini keltiradi AS
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring