«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Barselona» prezidenti Joan Laportaning aybloviga o‘z munosabatini bildirdi. Avvalroq "Barsa" rahbari La liga o‘yinlarida hakamlar "Real" foydasiga qaror chiqarayotgani haqida fikr bildirgandi.
«Men bunday bahslarga qo‘shilishni istamayman. Joriy haftada biz haqimizda juda gap-so‘zlar bo‘ldi. Ammo avvalroq Ispaniya futbolida nimalar ro‘y berganini barcha biladi.
Fuqarolik gvardiyasi va prokuratura surishtiruv olib bormoqda. Bu ispan futbolida so‘nggi 20 yil ichidagi muammo bo‘ldi. Strelkani o‘zgartirish shart emas», – dedi Anchelotti «Negreyra ishi»ga ishora qilgan holda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring