+27° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 10 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 960.38 so'm (-6 so'mga)
151.92 so'm (+1.69 so'mga)
14 152.73 so'm (-61.02 so'mga)
18-01-2024, 22:50
107

Osiyo Kubogi-2023. O‘zbekiston Hindistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

Osiyo Kubogida B guruhida 2-tur bahslari yakunlandi.

Birinchi bahsda durang qayd etgan O‘zbekiston milliy jamoasi (4) Hindiston (0) darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritib, 1/8 final sari muhim qadam tashladi.

Abbos Fayzullayev 4-daqiqadayoq hisobni ochgan bo‘lsa, Igor Sergeev va Sherzod Nasrullayevning gollari farqni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Guruhning birinchi o‘yinida Avstraliya (6) Suriyani (1) minimal hisobda mag‘lub etib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

23 yanvar kungi so‘nggi turda O‘zbekiston Avstraliya bilan guruh g‘olibi va keyingi bosqich masalasini hal qiladi. G‘alaba 1-o‘rin, durang 2-o‘rin bilan Srechko Katanes shogirdlarini 1/8 finalga olib chiqadi.

Agar mag‘lubiyat kuzatilsa, Suriya — Hindiston o‘yini natijasiga qaraladi.
Top.Mail.Ru Анализ сайта