+14° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
26-01-2024, 18:50
41

Boks: Jizzaxda O‘zbekiston chempionlari aniqlandi

Bir hafta davom etgan musobaqalarda respublikamizning barcha hududlaridan Jizzaxda jam bo‘lgan 300 nafarga yaqin yosh bokschilar 13 ta vazn toifasidagi janglarda g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Shiddatli o‘tgan bahslar yakuniga ko‘ra, 5 ta oltin, 3 ta bronza medaliga ega chiqqan Jizzax jamoasi umum jamoada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2 ta oltin, 4 ta kumush medal jamg‘argan Toshkent viloyati jamoasi 2-o‘rin, 2 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Andijon boks maktabi tarbiyalanuvchilari umum jamoada 3-o‘rin sohibi bo‘ldi.

O‘z vazn toifalarida Sayfiddin Sobirov, Sobirjon Tastanov, Nodirbek Allaberganov, Mironshoh Norqosimov, Samandar Habibullayev, Javohir Mehriddinov, Akmaljon Isroilov kabi yoshlar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Mazkur chempionat doirasida O‘zbekiston boks federasiyasi Jizzax viloyati bo‘limining yig‘ilishi o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining boksni rivojlantirish to‘g‘risidagi tegishli qarori ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi. Jizzaxda boks sport turini ommalashtirish borasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, milliy terma jamoa safida jizzaxlik iqtidorli sportchilar safini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston boks federasiyasi ijroiya qo‘mitasi qaroriga muvofiq, Jizzax viloyati bo‘limi raisi lavozimiga Akmal Mahkamov saylanganligi e’lon qilindi.

Chempionat yakunida g‘olib va sovrindorlarga medal, diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi. Tashkiliy qo‘mita a’zolarining ovoz berishi natijasida Mironshox Norqosimov chempionatning “Eng yaxshi bokschisi”, deb topildi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта