Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida AQShga yo‘l oldi.
"Amerikaga yo‘l oldim. In Sha Alloh, hammasi yaxshi bo‘lishi kerak. Hammasini o‘z o‘rniga qo‘yib kelaman. Mendan havotir olgan barchaga katta rahmat", - deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga surat va uning ostida izoh qoldirgan Ergashev.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev 2023 yilning 26 noyabr kuni IBF yo‘nalishi chempioni Sabriyel Matiasga qarshi jang qilib, jarohat sabab muddatidan oldin mag‘lub bo‘lgan edi. Bu charm qo‘lqop ustamizning faoliyatidagi ilk mag‘lubiyati bo‘lgandi. Uning hisobida 23 ta g‘alaba bor.
Avvalroq, Ergashev boshlagan ishi yakunlanmagani, AQShga qaytib, mart oyida yana jang o‘tkazishi haqida aytgan edi.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring