+19° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
24-01-2024, 10:42
106

Sablyachi qizlarimiz Italiyada bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon kubogi bosqichida yurtimiz sharafini "Xanchjou-2022" Osiyo o‘yinlari g‘oliblari Guliston Perdiboyeva hamda Fernanda Errera, o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindori Nargiza Jaksiboyeva va Samira Shokirova himoya qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari chorak finalda xitoylik qilichbozlarni 45:19 hisobida mag‘lub etdi.

Murakkab kechgan yarim final bahsida esa AQSh terma jamoasiga 27:45 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bronza medali uchun o‘tgan bellashuvda hamyurtlarimiz Italiya jamoasini 45:41 hisobida dog‘da qoldirdi.



Top.Mail.Ru Анализ сайта