+36° Kechasi +22°
Andijon (Bugun, 9 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 683.99 so'm (+35.87 so'mga)
139.24 so'm (+0.82 so'mga)
13 647.97 so'm (+25.94 so'mga)
15-03-2024, 11:19
18

Birlashgan Arab Amirliklarida niderlandiyalik mashhur futbolchi hibsga olindi

Moskvaning “Spartak” klubi futbolchisi Kvinsi Promes Dubayda hibsga olindi. Niderlandiyada u bir tonna kokain kontrabandasi uchun hukm qilingan, deb xabar beradi VVC.

Moskvaning “Spartak” futbol klubi futbolchisi Kvinsi Promes Niderlandiya rasmiylari talabiga binoan Dubayda hibsga olindi. Niderlandiya uni ekstradisiya qilishni talab qilmoqda, chunki bu mamlakatda sportchi 1,3 ming kilogramm kokain kontrabandasi uchun olti yilga qamalgan.

32 yoshli Promesni hibsga olishga xalqaro order berildi.

Fevral oyi oxirida Promes mashg‘ulotdan so‘ng boshqa “Spartak” futbolchilari bilan Dubaydan Rossiyaga uchib ketmoqchi bo‘lgan, biroq chegarada qo‘lga olingan.

Rossiyalik jurnalistlarning yozishicha, bunga futbolchining Dubayda avtohalokatga uchrab, voqea joyidan qochib ketgani sabab bo‘lgan.

OAV xabarlariga ko‘ra, o‘shandan beri u Dubaydagi hashamatli mehmonxonada yashab kelgan va rasman uy qamog‘ida bo‘lgan, deb yozadi AFP.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта