+24° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
14-03-2024, 14:31
18

Messi va Suaresning gollari «Inter Mayami»ni chorak finalga olib chiqdi

"Inter Mayami" KONKAKAF chempionlar kubogi doirasida "Neshvill"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Jamoalar 1/8 finalning javob uchrashuvini o‘tkazishdi (birinchi o‘yin 2:2). Shu tariqa Florida klubi chorak finalga chiqdi.

"Inter Mayami" hujumchisi Luis Suares 8-daqiqada Lionel Messining uzatmasidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsa, 23-daqiqada argentinalik futbolchining o‘zi ikkinchi golni urdi.

2-bo‘lim boshida Messi o‘rniga Robert Teylor maydonga tushdi va 63-daqiqada Suaresning uzatmasi bilan hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. 86-daqiqada urugvaylik futbolchi zaxiraga olindi. Jordi Alba va Serxi Buskets butun o‘yinni mezbonlar safida o‘tkazishdi.

"Inter Mayami" so‘nggi Liga kubogidagi g‘alaba evaziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Joriy KONKAKAF chempionlar kubogi g‘olibi 2024 yilgi Qit’alararo kubok va 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yo‘llanma oladi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта