+23° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
14-03-2024, 14:30
18

Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi

UYEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. 1/8 finalning javob o‘yinlari 12 va 13 mart kunlari bo‘lib o‘tdi.

Unvonga David Rayya ("Arsenal"), Pau Kubarsi ("Barselona"), Yan Oblak ("Atletiko") va Jeydon Sancho ("Borussiya") da’vogarlik qilmoqda.

Bu haftada “Arsenal” “Portu”ni penaltilar seriyasida (2:0, pen. – 4:2), “Barselona” “Napoli”ni (3:1), “Atletiko” “Inter”ni penaltilar seriyasida (2:1, penaltilar – 4:2) mag‘lub etdi va Dortmundning "Borussiya" klubi PSV ustidan g‘alaba qozondi (1:0).

Haftaning eng yaxshi futbolchisi UYEFA rasmiy saytida ovoz berish orqali aniqlanadi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта