+24° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
13-03-2024, 22:22
11

Shohjahon Ergashev 28 mart kuni panamalik bokschi bilan jang qiladi

Superengil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq da’vogar Shohjahon Ergashev ringga qaytmoqda.

????????Hamyurtimiz 28 mart kuni AQShning Michigan shtati, Detroyt shahrida tashkil etilayotgan DAZN hamda Salita Promotions hamkorligidagi oqshomda jang qiladi. Unga panamalik charm qo‘lqop ustasi Xuan Xuyertas raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Xuan Xuyertas faoliyati davomida 22 ta jang o‘tkazib, 17 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. G‘alabalarining 13 tasida raqiblarini muddatidan oldin taslim etgan.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev o‘tgan yilning 26 noyabr kuni AQShda IBF chempioni Sabriel Matiasga qarshi jang qilib, imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Bu uning faoliyatidagi yagona mag‘lubiyat bo‘lib turibdi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта