+14° Kechasi +8°
Andijon (Bugun, 19 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
13-03-2024, 22:21
68

Isroil Madrimov ESPN reytingida Top-3`ga kirib oldi

Amerikaning dunyoga mashhur ESPN sport portali o‘z reytingini yangiladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, hamyurtimiz Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO)ning birinchi o‘rta vazn toifasi reytingida 3-o‘ringa ko‘tarilib olgani bo‘ldi. Bokschimiz bundan avval reytingda 8-pog‘onada borayotgandi.

Madrimov 8 mart kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan prof boks oqshomida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda texnik nokautga uchratib, vakant bo‘lib turgan WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi. Bu bilan u Kurbanovga faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni ham taqdim etgandi.

Yangilangan reytingda charm qo‘lqop ustamizdan oldingi o‘rinlarni ushbu vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Jermell Charlo (35-2-1, 19 KO) hamda WBO kamari sohibi Tim Szyu (24-0, 17 KO) band etgan.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта