+23° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
13-03-2024, 22:20
21

Shohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi, va jang sanasi aniq bo‘ldi

Super yengil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq da’vogar Shohjahon Ergashev qachon ringga qaytishi ma’lum bo‘ldi.

Hamyurtimiz 28 mart kuni AQShning Michigan shtati, Detroyt shahrida tashkil etilayotgan DAZN hamda Salita Promotions hamkorligidagi oqshomda jang qiladi. Unga panamalik charm-qo‘lqop ustasi Xuan Xuyertas raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Xuan Xuyertas faoliyati davomida 22 ta jang o‘tkazib, 17 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U g‘alabalarining 13 tasida raqiblarini muddatidan oldin taslim etgan.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev 2023 yil 26 noyabr kuni AQShda IBF chempioni Sabriel Matias bilan jang qilib, muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchragan edi. Bu uning faoliyatidagi hozircha yagona mag‘lubiyat bo‘lib turibdi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта